O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Xitoy tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari bilan uchrashdi
20-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Lyu Bin bilan uchrashdi.
20-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Lyu Bin bilan uchrashdi.
«Vazirlikda Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Lyu Bin janoblarini qabul qilishdan mamnunmiz,– deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Davlatlarimiz Rahbarlarining oʻzaro faol va ishonchli muloqoti O‘zbekiston-Xitoy oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarining jadal rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bugun ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida boʻlib oʻtgan siyosiy maslahatlashuvlar hamda Oʻzbekiston–Xitoy Hukumatlararo hamkorlik qoʻmitasi doirasidagi Xavfsizlik boʻyicha quyi qoʻmitaning navbatdagi yigʻilishi natijalarini olqishladik.
Erishilgan barcha kelishuvlar ikki va koʻp tomonlama hamkorligimizni yanada mustahkamlashi shubhasiz».
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.