O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Turkiya tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi
28-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan telefon orqali muloqot qildi.
28-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan telefon orqali muloqot qildi.
«Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan janoblari bilan telefon orqali sermazmun muloqot o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram kanalida. – Yaqinda bo‘lib o‘tgan Antaliya diplomatik forumi natijalarini yuqori baholadik. Suhbat davomida O‘zbekiston- Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarining jadal rivojlanib borayotgan yo‘nalishlari, shuningdek, mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashdik.
Oliy darajadagi uchrashuvlar yakunida erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirish hamda ustuvor qo‘shma loyihalarni ilgari surishning aniq mexanizmlarini muhokama qildik».
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.