O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Singapur tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi
11-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Singapur Respublikasi tashqi ishlar vaziri Vivian Balakrishnan bilan telefon orqali muloqot qildi.
11-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Singapur Respublikasi tashqi ishlar vaziri Vivian Balakrishnan bilan telefon orqali muloqot qildi.
«Singapur Respublikasi tashqi ishlar vaziri Vivian Balakrishnan janoblari bilan samimiy va mazmunli telefon muloqoti oʻtkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Suhbat davomida iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, mintaqaviy va global miqyosdagi hamkorlik masalalarini koʻrib chiqdik, boʻlajak tadbirlar kun tartibini belgilab oldik.
Oʻzbekiston va Singapur oʻrtasidagi doʻstona va koʻp qirrali aloqalarni yanada rivojlantirish uchun Vazirliklarimiz yaqindan hamkorlik qilishga tayyor».
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.