O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Dohada Qatar Bosh vaziri oʻrinbosari va mudofaa ishlari boʻyicha davlat vaziri bilan uchrashdi
4-may kuni Doha shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qatar Davlati Bosh vaziri oʻrinbosari va mudofaa ishlari boʻyicha davlat vaziri Shayx Saud bin Abdurahmon Ol Soniy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
4-may kuni Doha shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qatar Davlati Bosh vaziri oʻrinbosari va mudofaa ishlari boʻyicha davlat vaziri Shayx Saud bin Abdurahmon Ol Soniy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
«Qatar Davlati Bosh vaziri oʻrinbosari va mudofaa ishlari boʻyicha davlat vaziri Shayx Saud bin Abdurahmon Ol Soniy janoblari bilan mazmunli va samarali uchrashuv oʻtkazdik , – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Doha shahrida koʻrsatilgan mehmondoʻstlik uchun samimiy minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston- Qatar munosabatlarining asosini tashkil etuvchi doʻstlik va oʻzaro ishonch ruhini yana bir bor taʼkidladik.
Uchrashuv davomida mintaqaviy va xalqaro vaziyat yuzasidan fikr almashdik, xususan, Yaqin Sharqdagi vaziyatga alohida eʼtibor qaratdik. Barqarorlikni ta’minlash va keskinlikni kamaytirishda vazminlik, muloqot hamda diplomatiyaning ahamiyatini taʼkidladik».
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.