Oʻzbekiston va Tojikiston Prezidentlari sanʼat ustalarining qoʻshma konsertida ishtirok etdilar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon “Oʻzbekiston” xalqaro forumlar saroyida ikki mamlakat sanʼatkorlari ishtirokidagi anʼanaviy konsertni birgalikda tomosha qildilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon “Oʻzbekiston” xalqaro forumlar saroyida ikki mamlakat sanʼatkorlari ishtirokidagi anʼanaviy konsertni birgalikda tomosha qildilar.
Oʻzbekiston va Tojikiston xalqlarini uzoq oʻtmishga borib taqaladigan munosabatlar, mushtarak maʼnaviy va diniy qadriyatlar, anʼanalar hamda boy madaniy meros bogʻlab turadi.
Har ikki mamlakatda ham asrlar davomida shakllanib kelgan doʻstlik, oʻzaro hurmat va yaxshi qoʻshnichilik anʼanalari asrab-avaylanib, boyib bormoqda.
Ushbu madaniy tadbir buning yaqqol tasdigʻi boʻldi. Konsert dasturida birodar xalqlarimizning betakror va boy madaniyatini aks ettiruvchi milliy musiqa va sahna sanʼatining eng sara asarlari ijro etildi.
Oʻzbekiston va Tojikiston sanʼatkorlari hamda ansambllarining birgalikdagi chiqishlari oʻzaro anglashuv, maʼnaviy yaqinlik va faol madaniy muloqot ramzi boʻldi.
O'xshash yangiliklar
Yaylovlarni tiklash va ulardan foydalanishning yangi tartibi koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev yaylovlar degradatsiyasining oldini olish, suv taʼminotini yaxshilash hamda ulardan samarali foydalanish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbari OHIChK sammitida ishtirok etadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 14-15-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Issiqxona xo‘jaligiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish masalalari ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev issiqxonalar faoliyatiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish va ularning ekologik xavfsiz faoliyat yuritishini ta’minlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.