O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Moskvada uchrashdi
17-aprel kuni Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
17-aprel kuni Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
«Bugun Moskvada Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan samimiy va samarali uchrashuv o‘tkazildi, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Muzokaralar davomida O‘zbekiston–Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish, jumladan, oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosiga alohida eʼtibor qaratildi.
Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha aloqalarning jadal rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdik. Tovar ayirboshlash hajmi barqaror o‘sib bormoqda, sanoat kooperatsiyasi doirasida muhim loyihalar amalga oshirilmoqda, madaniy-gumanitar hamkorlik kengaymoqda.
Taʼlim, innovatsiyalar, infratuzilma, hududlararo hamkorlik va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda aloqalarni rivojlantirish jihatlarini ko‘rib chiqdik.
Shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida o‘zaro investitsiyalarni rag‘batlantirish va ishbilarmonlik aloqalarini faollashtirish chora-tadbirlarini muhokama qildik.
Mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashdik. Tashqi ishlar vazirliklari o‘zaro manfaatli sheriklikni yanada mustahkamlash yo‘lida izchil hamkorlikni davom ettiradi».
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.