O‘zbekiston va Gvineya-Bisau tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot o‘tkazdi
7-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Gvineya-Bisau Respublikasi tashqi ishlar, xalqaro hamkorlik va jamiyatlar vaziri Fatumata Jau bilan telefon orqali muloqot qildi.
7-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Gvineya-Bisau Respublikasi tashqi ishlar, xalqaro hamkorlik va jamiyatlar vaziri Fatumata Jau bilan telefon orqali muloqot qildi.
Muloqot davomida O‘zbekiston va Gvineya-Bisau o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Siyosiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida muntazam siyosiy maslahatlashuvlar mexanizmini shakllantirish, shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, BMT va Qo‘shilmaslik harakati doirasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot yakunida tomonlar mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha yaqin muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.