Yaponiya Immigratsiya xizmati agentligi komissari bilan uchrashuv toʻgʻrisida
28-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Olimjon Abdullayev Tokioda Yaponiya Immigratsiya xizmati agentligi komissari Maruyama Xidexaru bilan uchrashdi.
28-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Olimjon Abdullayev Tokioda Yaponiya Immigratsiya xizmati agentligi komissari Maruyama Xidexaru bilan uchrashdi.
Muzokaralar davomida migratsiya sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, Oʻzbekiston fuqarolarining Yaponiyada qonuniy mehnat faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar mehnat migratsiyasi sohasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish, idoralararo aloqalarni mustahkamlash va migratsiya jarayonlarini tartibga solish boʻyicha tajriba almashishni davom ettirishga tayyor ekanligini tasdiqladi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.