Suv resurslarini boshqarish xalqaro institutining Bosh direktori bilan uchrashuv to‘g‘risida
Joriy yil 21-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Suv resurslarini boshqarish xalqaro institutining Bosh direktori Mark Smit bilan uchrashdi.
Joriy yil 21-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Suv resurslarini boshqarish xalqaro institutining Bosh direktori Mark Smit bilan uchrashdi.
Muloqot davomida o‘zaro aloqalarning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, suv resurslarini samarali boshqarish, irrigatsiya sektorini rivojlantirish va qishloq xo‘jaligiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish sohasidagi loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston bilan Suv resurslarini boshqarish xalqaro instituti o‘rtasida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot va ta’lim dasturlarini amalga oshirish, respublikamiz hamda Markaziy Osiyoda suv xavfsizligi va barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.