TIV rahbarining Gonkong maxsus maʼmuriy hududi Administratsiyasi rahbari bilan uchrashuviga oid
3-iyun kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Gonkong maxsus maʼmuriy hududi Administratsiyasi rahbari Jon Li Kachchiu bilan uchrashdi.
3-iyun kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Gonkong maxsus maʼmuriy hududi Administratsiyasi rahbari Jon Li Kachchiu bilan uchrashdi.
Muloqotda Gonkong rahbarining Oʻzbekistonga tashrifi Oʻzbekiston–Xitoy har tomonlama strategik sherikligini mustahkamlash hamda Oʻzbekiston bilan Gonkong oʻrtasidagi aloqalarni yangi mazmun bilan boyitishga xizmat qilishi qayd etildi.
Muzokaralar davomida investitsiyalar, moliya, raqamlashtirish, sunʼiy intellekt, transport va logistika sohalaridagi istiqbolli yoʻnalishlar muhokama qilindi.
Gonkongning xalqaro moliya va biznes markazi sifatidagi tajribasi hamda salohiyati Oʻzbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va ilgʻor loyihalarni roʻyobga chiqarishda muhim oʻrin tutishi taʼkidlandi.
Shuningdek, hududlararo sheriklikni rivojlantirish, ishbilarmon doiralar oʻrtasidagi bevosita muloqotlarni kengaytirish va qoʻshma tashabbuslarni ilgari surish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv davomida Oʻzaro vizasiz rejimni oʻrnatish toʻgʻrisidagi hukumatlararo Bitimni tuzish niyati boʻyicha Verbal notalar almashildi. Mazkur qadam fuqarolar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratib, oʻzaro almashinuvlarni faollashtirishga xizmat qilishi qayd etildi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.