Navoiy viloyatida Pokiston investitsiyasi ishtirokida charmni qayta ishlash bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshiriladi
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov va O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Pokistonning Karachi shahriga amaliy tashrifi doirasida «Nova Leathers (Pvt.) Ltd.» kompaniyasi bosh direktor Irfan Iqbol bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov va O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Pokistonning Karachi shahriga amaliy tashrifi doirasida «Nova Leathers (Pvt.) Ltd.» kompaniyasi bosh direktor Irfan Iqbol bilan uchrashuv o‘tkazdi.
«Nova Leathers (Pvt.) Ltd.» charmni qayta ishlash va yuqori sifatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik sanoat korxonasi hisobnaladi. 1986 yilda tashkil etilgan kompaniyada charmni qayta ishlashning to‘liq sanoat sikli yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, charm kurtkalar, sumkalar, kiyim-kechak sanoati uchun maxsus charm materiallari va boshqa tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradi. Yillik ishlab chiqarish quvvati yuz mingdan ortiq tayyor mahsulotni tashkil etadi. Kompaniya xalqaro sifat standartlariga qatʼiy amal qilib, ISO talablari va ekologik meʼyorlarga muvofiq faoliyat yuritadi.
Uchrashuv davomida Pokiston kompaniyasi bilan O‘zbekistonda, jumladan Navoiy viloyatida mahalliy xom ashyoni chuqur qayta ishlash, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, eksport salohiyatini kengaytirish hamda ilg‘or texnologiyalar transferini amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Hokim Normat Tursunov Pokiston tomoniga O‘zbekistonda charm sanoati va terini qayta ishlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilgan natijalar, shuningdek, tarmoqqa xorijiy investitsiyalarni jalb etish, zamonaviy qo‘shma korxonalar tashkil etish orqali raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berdi.
Bosh direktor Irfan Iqbol o‘z kompaniyasining ko‘p yillik tajribasiga tayanib, Pokiston charm sanoatining eksport salohiyati, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari, shuningdek, xalqaro bozor talablari va tendensiyalari haqida to‘xtaldi.
Muzokaralarda Navoiy viloyatida charmni qayta ishlash sohasini yana-da rivojlantirish, zamonaviy va innovatsion texnologiyalarni joriy etish, qo‘shma korxonalar tashkil qilish hamda eksportbop, yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlari yuzasidan aniq taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
Shuningdek, tomonlar Navoiy viloyatida mavjud boy xom ashyo bazasi, rivojlangan sanoat infratuzilmasi va investorlar uchun yaratilgan qulay investitsion muhit va imtiyozlar haqida o‘zaro fikr almashdilar.
Uchrashuv yakunida charmni qayta ishlash sohasida o‘zaro manfaatli investitsiya loyihalarini amalga oshirish, qo‘shma ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish va ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni yana-da kengaytirish istiqbollarini chuqur o‘rganish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Rasmiy muzokaralardan so‘ng, O‘zbekiston vakillari korxonaning to‘liq ishlab chiqarish zanjiri – xom terini qayta ishlashdan tortib, tayyor mahsulot tayyorlashgacha bo‘lgan barcha bosqichlarini ko‘zdan kechirdilar.
O'xshash yangiliklar
Pokiston kompaniyasi Oʼzbekistondagi past quvvatda ishlayotgan toʼqimachilik korxonasini ishonchli boshqaruvga olishga qiziqish bildirdi
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev Pokistonning yirik toʼqimachilik kompaniyalaridan biri – «Sadaqat Limited» direktori Xurram Muxtar bilan videokonferentsiya shaklida uchrashuv oʼtkazdi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida “Dolzarb viza” oyligi boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston–2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Tashqi ishlar vazirligi tizimida “Dolzarb viza” oyligi boshlandi.
O‘zbekiston va Pokiston hududlararo forum o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Pokiston Bosh vaziri yordamchisi, Sanoat va ishlab chiqarish vaziri Xarun Axtar Xan hamda O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.