Barcha yo‘llar Toshkentga olib boradi
“Ipak yo‘lida turizm – TITF-2026” Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi 20 ta mamlakatdan 300 dan ortiq kompaniyani jamlaydi.
25–27-noyabr kunlari poytaxtimizdagi “CAEx Uzbekistan” ko‘rgazmalar markazida 31-Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi – “Ipak yo‘lida turizm – TITF-2026” bo‘lib o‘tadi.
Mazkur yarmarkada dunyoning 20 mamlakatidan turizm yo‘nalishlari, turoperatorlar va aviakompaniyalar bir maydonda jamlanadi.
Tadbir O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi, Milliy PR-markaz, “Iteca Exhibitions” xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi hamda BMT Butunjahon turizm tashkiloti (UN Tourism) hamkorligida tashkil etiladi.
TITF – Markaziy Osiyo turizm sohasidagi muhim voqealardan biri bo‘lib, davlat, biznes va xalqaro hamkorlar o‘rtasida muloqot olib borish uchun muhim maydon hisoblanadi. Bu yerda milliy turizm tashkilotlari, turoperatorlar, aviakompaniyalar va investorlar yangi sayyohlik yo‘nalishlari hamda qo‘shma loyihalarni muhokama qiladi.
Sayohatchilar o‘zlari uchun yangi manzillarni kashf etish, mamlakatlar vakillari bilan bevosita muloqot qilish va navbatdagi safarlari uchun yangi g‘oyalar hamda takliflar olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ko‘rgazmada Belarus, Germaniya, Gruziya, Hindiston, Latviya, Malayziya, Maldiv orollari, Niderlandiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Rossiya, Tailand, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston, Vyetnam, Xitoy/Gonkong, O‘zbekiston va Chexiya kabi mamlakatlardan 300 dan ortiq kompaniya ishtirok etadi.
Joriy yilgi yarmarkaning markaziy voqealaridan biri Xalqaro turizm investitsiya forumi bo‘lib, u turizm sohasi vakillari, investorlar, biznes hamjamiyati hamda xalqaro hamkorlarni bir maydonda jamlaydi.
Forum turizm sohasidagi investitsiya loyihalarini muhokama qilish, yangi hamkorlik imkoniyatlarini izlash va istiqbolli tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashish uchun muhim muloqot maydoniga aylanadi.
Yarmarka doirasida quyidagilar taqdim etiladi:
yangi sayyohlik yo‘nalishlari va marshrutlar – tropik orollar va dengizbo‘yi kurortlaridan tortib, rang-barang shahar sayohatlari hamda madaniy turlargacha;
turoperatorlar, aviakompaniyalar, mehmonxonalar va kurortlar tomonidan taqdim etiladigan maxsus takliflar va manfaatli shartlar;
sanatoriy-kurort va sog‘lomlashtirish maskanlarida dam olish, Ayurveda, terini parvarishlash xizmatlari;
ekologik va gastronomik turizm;
mamlakatlarning milliy stendlari, ularda hududlar taqdimotlari, milliy hunarmandchilik namunalari va milliy taomlar namoyish etiladi;
turizm sohasidagi investitsiya loyihalari va xalqaro hamkorlik imkoniyatlari.
TITF-2026 ekspozitsiyasida milliy turizm tashkilotlari, turoperatorlar, aviakompaniyalar, mehmonxonalar tarmoqlari, kurortlar va trevel-tex kompaniyalari o‘z xizmatlari va imkoniyatlarini namoyish etadi.
Asosiy e’tibor yangi sayyohlik yo‘nalishlari va marshrutlarini taqdim etish, xalqaro turistik aloqalarni mustahkamlash, madaniy, gastronomik va sog‘lomlashtirish turizmini rivojlantirish, shuningdek, sayohatlarni yanada qulay va oson tashkil etishga xizmat qiluvchi raqamli yechimlarga qaratiladi.
Dasturdan mamlakatlar va O‘zbekiston hududlari taqdimotlari, B2B formatidagi uchrashuvlar, forumlar, soha ekspertlari ishtirokidagi panel munozaralari, hunarmandchilik ko‘rgazmasi hamda milliy taomlarning gastronomik taqdimotlari o‘rin olgan.
Mehmonlarni Ozarbayjon, Belarus, Gonkong (Xitoy), Gruziya, Qirg‘iziston, Malayziya, Tailand, Turkiya va Chexiyaning yorqin milliy pavilyonlari kutmoqda. Adjarija (Gruziya) Qora dengiz bo‘yi mintaqasining kurort imkoniyatlari va yangi turistik mahsulotlarini taqdim etadi.
Belarus sanatoriy-kurort maskanlarida dam olish, madaniy meros obyektlari, ekologik va gastronomik sayohat yo‘nalishlari bilan tanishtiradi. Malayziya o‘zining “Visit Malaysia 2026–2027” milliy kampaniyasi bilan ishtirok etib, zamonaviy megapolисlar, tropik tabiat va orol kurortlarining betakror uyg‘unligini namoyish etadi.
Gonkong “Faqat Gonkongda” loyihasi doirasida mehmonlarni yilning istalgan faslida yuzlab taassurotlar hadya etadigan, o‘ziga xos jozibaga ega shaharni kashf etishga chorlaydi.
Ko‘rgazmada O‘zbekistonning barcha 14 ta hududi, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ham keng ko‘lamda va yorqin tarzda namoyish etiladi. Turizm sohasi mutaxassislari, ekspertlar va professional ishtirokchilar mahalliy turizm bozori vakillari va xalqaro hamkorlar bilan uchrashish, bevosita muloqot o‘rnatish va yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
TITF-2026 turizm sohasi mutaxassislari, biznes vakillari va diplomatik korpus a’zolarini turli mamlakatlarning milliy turizm tashkilotlari hamda kompaniyalari bilan bevosita aloqalar o‘rnatish, qo‘shma loyihalar va istiqbolli sayyohlik yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun bir maydonda jamlaydi.
Sayohatchilar uchun yarmarka uch kun davomida o‘nlab yangi sayyohlik manzillari bilan tanishish, turoperatorlar va aviakompaniyalar takliflarini o‘zaro taqqoslash hamda navbatdagi ta’til uchun eng maqbul sayohat variantini tanlash imkoniyatidir.
“Dunyo” AA
O'xshash yangiliklar
Germaniya TIV vakili bilan uçraşuv töğrisida
2026-yil 18-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri örinbosari Muzaffar Madrahimov Germaniya Federativ Respublikasi Taşqi işlar federal vazirligining Osiyo va Tinç okeani mintaqasi departamenti boş direktori Frank Hartmann bilan uçraşdi.
Özbekistonning şakllanayotgan startap ekotizimi: ösib borayotgan global innovatsiyalar platformasi
Texnologiyalar, investitsiyalar va iste’dodlar uçun xalqaro raqobat tadbirkorlikni rivojlantiriş uçun qulay muhit yarata oladigan mamlakatlar oldida yangi imkoniyatlarni oçmoqda.
Kanadaning Özbekistondagi elçisi bilan uçraşuv töğrisida
2026-yil 18-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining Afğoniston böyiça Maxsus vakili Ismatulla Irgaşev Kanadaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elçisi Kristofer Daggan bilan uçraşdi.