28-29-sentyabr kunlari Inson huquqlari bo‘yicha V Samarqand forumi bo‘lib o‘tadi
Forumning asosiy g‘oyasi – inson qadri, tenglik va barqaror rivojlanish yo‘lida global hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.
Forumning asosiy g‘oyasi – inson qadri, tenglik va barqaror rivojlanish yo‘lida global hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.
Joriy yil 28-29-sentyabr kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida Inson huquqlari bo‘yicha V Samarqand forumi bo‘lib o‘tadi.
Ayni vaqtda “Inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro paktlarga 60 yil va Rivojlanish huquqi to‘g‘risidagi deklaratsiyaga 40 yil: qadr-qimmat, tenglik va barqaror rivojlanish yo‘lidagi global sheriklik” mavzusida o‘tkaziladigan ushbu nufuzli xalqaro forumga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
So‘nggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Yangi O‘zbekistonda inson huquqlari sohasidagi dolzarb muammolarga bag‘ishlangan Samarqand forumlarini o‘tkazish yaxshi an’anaga aylandi.
Davlatimiz rahbarining murojaatlarida yurtimizda ilk bor 2018 yilda o‘tkazilgan Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi jahon amaliyotiga o‘ziga xos “Samarqand ruhi”ni olib kirgani e’tirof etilgani bejiz emas.
Bo‘lajak forum BMTning 1966 yil 16 dekabrda qabul qilingan ikkita asosiy hujjati – Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt hamda Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 60 yilligi, Rivojlanish huquqi to‘g‘risidagi deklaratsiyaning 40 yilligi hamda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazining 30 yilligiga bag‘ishlanadi.
Forumning asosiy g‘oyasi – inson qadri, tenglik va barqaror rivojlanish yo‘lida global hamkorlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ladi.
Samarqand forumining muhim yubiley sanalar nishonlanayotgan yilda o‘tkazilishi O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarga sodiqligi hamda global muloqotni rivojlantirishga amaliy hissa qo‘shishga intilishini ifodalaydi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston va BMT: Milliy tashabbuslardan global kun tartibiga
BMT Bosh Аssambleyasining 81-sessiyasi Oʼzbekiston tashqi siyosatining yangi bosqichini namoyon etdi. Nyu-Yorkda ilgari surilgan gʼoya va tashabbuslar mamlakatdagi islohotlar, Markaziy Osiyoda shakllangan yangi hamkorlik muhiti hamda global muammolarga yechim izlash oʼrtasida tobora mustahkam bogʼliqlik yuzaga kelayotganini koʼrsatdi.
Oʻzbekiston Prezidenti Xitoy delegatsiyasini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-sentabr kuni Xitoy Xalqaro madaniy kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyan va Gonkongning “JDB Group” kompaniyasi asoschisi Chan Xuntoni qabul qildi.
Maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha takliflar taqdimot qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish istiqbollariga bagʻishlangan taqdimot bilan tanishdi.