12-16-oktabr kunlari poytaxtimizda XI Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biennalesi bo‘lib o‘tadi
Ochilish marosimi 12-oktabr kuni Markaziy ko‘rgazmalar zalida bo‘lib o‘tadi
Joriy yilning 12–16-oktabr kunlari O‘zbekiston poytaxtida «Voqealar gorizonti» mavzusidagi XI Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biennalesi bo‘lib o‘tadi.
Xorijiy va mahalliy rassomlarning asarlari poytaxtning yetakchi muzey va galereyalarida namoyish etiladi. Dasturga Samarqandga tashrif ham kiritilgan. Bu oktabr oyida mamlakatimizga keladigan madaniy turizm ixlosmandlariga zamonaviy san’at va tarixiy meros bilan bir safarda tanishish imkonini beradi.
Biennale 2001-yildan buyon har ikki yilda bir marta o‘tkazib kelinadi. Bu yilgi mavzu insonning texnologik va madaniy o‘zgarishlar ostonasidagi holatiga bag‘ishlangan. Konsepsiyada qadimiy karvon yo‘llari chorrahasidagi Toshkent «oazis» – umid va yangi ma’no ramzi sifatida talqin etiladi.
Ochilish marosimi 12-oktabr kuni Markaziy ko‘rgazmalar zalida bo‘lib o‘tadi. Keyingi kunlarda Toshkent fotosuratlar uyi, Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi, O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi va Ikuo Hirayama nomidagi Xalqaro madaniyat karvonsaroyida ko‘rgazmalar ochiladi. Dasturda performans, mahorat darslari, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hamda mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan «Charxpalak» ko‘rgazmasi ham bor. Biennale 16 oktabr kuni yakunlanadi.
2024-yil 14-18-oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan X biennaleda 40 dan ortiq xorijiy ishtirokchilar ishtirok etdi.
“Dunyo” AA
O'xshash yangiliklar
Ruminiya elçisi bilan uçraşuv töğrisida
27-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri örinbosari Olimjon Abdullayev Ruminiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elçisi Daniyel Kristian Çobanu bilan uçraşdi.
TIV rahbari Daniyaning Özbekistondagi yangi tayinlangan elçisidan işonç yorliqlarini qabul qildi
27-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Daniyaning mamlakatimizdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elçisi Lars Tuyesenning işonç yorliqlarini qabul qildi.
TIV rahbari BMT Boş kotibining Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili bilan uchrashuvi to‘g‘risida
26-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov BMT Boş kotibining Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uçun preventiv diplomatiya böyiça mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze bilan uçraşdi.