“Yangi O‘zbekistonga qanot bo‘laylik!” videoroliklar tanlovi e’lon qilindi
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi xorijdagi yoshlarning Vatanga bo‘lgan mehr, iftixor va daxldorlik tuyg‘ularini ijodiy namoyon etish maqsadida “Yangi O‘zbekistonga qanot bo‘lamiz!” shiori ostida ijodiy videoroliklar tanlovini e’lon qildi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi xorijdagi yoshlarning Vatanga bo‘lgan mehr, iftixor va daxldorlik tuyg‘ularini ijodiy namoyon etish maqsadida “Yangi O‘zbekistonga qanot bo‘lamiz!” shiori ostida ijodiy videoroliklar tanlovini e’lon qildi.
Tanlovda xorijda yashayotgan, tahsil olayotgan yoki mehnat qilayotgan 14-35 yoshli vatandoshlar ishtirok etishi mumkin.
Tanlov ikki yo‘nalishda o‘tkaziladi:
“Vatanim – mening nigohimda” – uzoqdan turib Vatanni qanday ko‘rasiz, nimani sog‘inasiz, nimadan faxrlanasiz?
“Yangi O‘zbekiston fenomeni” – yurtimizdagi yangilanishlar va taraqqiyot sizning nigohingizda.
Tanlov shartlari:
- Videorolik davomiyligi 1–3 daqiqa bo‘lishi;
- O‘zbek tilida tayyorlanishi;
- Tasvir va ovoz sifati talab darajasida bo‘lishi;
Eng muhimi, videorolik muallifning shaxsiy g‘oyasi va ijodiy yondashuviga asoslanishi lozim.
Ko‘chirma va avval e’lon qilingan ishlar tanlovga qabul qilinmaydi.
G‘oliblar quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
-1-o‘rin — 5 million so‘m;
- 2-o‘rin — 3 million so‘m;
- 3-o‘rin — 2 million so‘m.
Ijodiy ishlar 2026-yil-25-noyabrga-qadar @VatanQanotBot telegram-boti orqali qabul qilinadi.
G‘olib va sovrindorlar diplom bilan taqdirlanib, markazning rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.
Aziz vatandosh yoshlar! O‘z nigohingiz, g‘oyangiz va iste’dodingiz orqali Yangi O‘zbekiston qiyofasini namoyon eting. Vatan taraqqiyotiga o‘z ijodingiz bilan hissa qo‘shing.
متعلقہ خبریں
تمام راستے تاشقند کی جانب جاتے ہیں
31ویں تاشقند بین الاقوامی سیاحتی نمائش ’’سلک روڈ پر سیاحت – TITF 2026‘‘ میں 20 ممالک کی 300 سے زائد کمپنیاں شرکت کریں گی۔
اقتصادی تعاون تنظیم کی وزرائے خارجہ کونسل کا 30واں اجلاس منعقد ہوا
16 نومبر 2026 کو اقتصادی تعاون تنظیم (ECO) کی وزرائے خارجہ کونسل کا 30واں اجلاس اسلام آباد میں منعقد ہوا۔ اجلاس میں ازبکستان کے وفد کی قیادت نائب وزیر خارجہ بوبور عثمانوف نے کی۔
ازبکستان اور بحرین کے درمیان سیاسی مشاورت کا پہلا دور منامہ میں منعقد ہوا
یکم نومبر 2026 کو منامہ میں جمہوریہ ازبکستان اور مملکت بحرین کی وزارتِ خارجہ کے درمیان سیاسی مشاورت کا پہلا دور منعقد ہوا۔