Pokiston tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot toʻgʻrisida
2023-yil 6-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Pokiston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Bilaval Bhutto-Zardoriy bilan telefon orqali muloqot qildi.
Pokiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovni yuksak masʼuliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, unga muvaffaqiyatlar tiladi.
Tomonlar oʻzaro strategik sheriklikni mustahkamlash va oliy darajadagi tashriflar natijasida erishilgan barcha kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha mavjud salohiyatdan toʻliq foydalanishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Vazirlar ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar, shuningdek, boʻlajak qoʻshma tadbirlar jadvalini kelishib oldilar.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy veb-sayti