E-Visa
O'zbekistonga kirish vizasi
Viza so'rovnomasini to'ldirish sahifasi
Tizimga talablar:
- Siz foydalanayotgan Internet-brauzer 128-bitlik shifrlashni ta'minlashi lozim.
- Windows Internet-brouzeridan foydalansangiz, uning namunasi 7.0 yoki undan yuqori bo'lishi lozim.
- Mozilla Firefox Internet-brouzeridan foydalansangiz, uning namunasi 3.0 yoki undan yuqori bo'lishi lozim.
- Opera Internet-brouzeridan foydalansangiz, uning namunasi 10 yoki undan yuqori bo'lishi lozim.
- Sayt ma'lumotlarining ekranda to'g'ri ko'rinishi uchun brauzerga JavaScriptdan foydalanishga ruzsat berish kerak.
- To'ldirilgan anketani ko'rish va bosmalash uchun kompyuteringizda Adobe Acrobat Reader dasturining 5.0 yoki undan yuqori namunasi o'rnatilgan bo'lishi kerak.
So'rovnoma qanday to'ldiriladi:
- Ko'rsatilgan har bir joyni ma'nosiga qarab to'ldiring. Hamma savollarga javob bering.
- Shaxsiy ma'lumotlarni (FIO) faqat ingliz xarflari bilan yozing. Ã, Ö, â, ç, ğ, ñ, ü, ş kabi xarflar o’rniga A, O, a, c, g, n, u, s xarflarini kiriting.
- Kiritilgan ma'lumotlarning to'g'riligini tekshirib chiqing.
- Navbatdagi shaxs nomiga anketa to'ldirish uchun Navbatdagi shaxsni kiritish tugmasini bosing (guruhdagi yoki viza ma'lumotlari bir xil bo'lgan 15 tagacha shaxslar uchun).
- Kiritlgan ma'lumotlarni saqlash va bosmalash uchun Davom etish tugmasini bosing.
- Adobe Acrobat dasturida anketani bosmalang va uni O'zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasiga taqdim qiling.