O‘zbekiston Prezidenti va Yevrokengash rahbari sheriklikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-noyabr kuni Boku shahrida o‘tayotgan iqlim bo‘yicha sammit doirasida Yevropa kengashi Raisi Sharl Mishel bilan uchrashdi.
Mamlakatimizning Yevropa Ittifoqi bilan ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi yangi bitimni tez fursatda qabul qilish, shuningdek, "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" formatidagi birinchi sammitga tayyorgarlik ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti