O‘zbekiston va Hindiston yetakchilari strategik sheriklikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozon shahriga tashrifi doirasida Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Hindiston strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Yuqori texnologiyalar, sun’iy intellekt, sanoat, energetika, farmatsevtika, transport kommunikatsiyalari bo‘yicha dastur va loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Joriy yilda Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va biznes forumini o‘tkazish, shuningdek, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha o‘rta muddatli dastur qabul qilishga kelishib olindi.
Mamlakatlarimizda Madaniyat va kino kunlarini, tibbiyot va sport sohalarida hamda yoshlar ishtirokida, shu jumladan yoshlarning parlament tashkilotlari doirasida qo‘shma tadbirlar o‘tkazish taklifi bildirildi.
Yetakchilar bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini ham muhokama qildilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti