O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi
2022-yil 22-noyabr kuni Parijdagi an’anaviy ravishda rasmiy tadbirlar o‘tkaziladigan Faxriylar uyida rasmiy tashrif bilan Fransiya Respublikasida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
Maydonda oliy martabali mehmon sharafiga Fransiya Respublika gvardiyasi harbiy xizmatchilari saf tortdi. Harbiy orkestr ikki mamlakat davlat madhiyalarini ijro etdi. Gvardiyachilar davlatimiz rahbari oldidan tantanali yurib o‘tdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Fransiya tashqi savdo, iqtisodiy jozibadorlik va xorijdagi fransuz fuqarolarining ishlari bo‘yicha vaziri Olive Besht faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.
Marosimdan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi Fransiya Prezidentining qarorgohi – Yelisey saroyiga yo‘l oldi. U yerda oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti