O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari MDH sammiti doirasida uchrashdilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 14-oktabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining majlisi doirasida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Markaziy Osiyoda ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va mintaqaviy sheriklikni mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Prezidentlar oliy darajada erishilgan, eng avvalo, tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, sanoat, energetika, transport, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi sohalarida ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish zarurligini ta’kidladilar.
Shuningdek, mintaqaviy tuzilmalar, shu jumladan ShHT va MDH doirasidagi hamkorlikka oid masalalar muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti