“Dunyo” axborot agentligining Tayvan bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha xabari
Tayvan bilan bog‘liq vaziyatning rivojlanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yuzaga kelgan keskinlikning tezda bartaraf etilishiga umid bildiradi.
O‘zbekiston xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan meʼyorlari va tamoyillariga muvofiq, “yagona Xitoy” siyosatini, bu mamlakatning suvereniteti va hududiy yaxlitligini izchil qo‘llab- quvvatlaydi.