Pokiston Tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali suhbat to‘g‘risida
2022-yilning 10-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Pokiston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar O‘zbekiston-Pokiston strategik hamkorligining siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi holati va uni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Bosh vaziri Imron Xon o‘rtasida 2022-yil 5-fevral kuni Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni ko‘rib chiqildi.
Oliy va yuqori darajada bo‘lajak tadbirlar yuzasidan jadvali fikr almashildi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy sayti